Annotatsiya
Tinnitus — tashqi tovush manbaisiz tovushni sezish bo‘lib, pulsatsiyalanuvchi tinnitus ko‘pincha qon-tomir patologiyalari bilan bog‘liq hisoblanadi. Uyqu arteriyasi stenozi (UAS) tinnitus bilan tez-tez assotsiatsiyalanadi, biroq uning mustaqil xavf omili sifatidagi roli umumiy kardiovaskulyar risk faktorlar bilan kesishgani sababli hanuz aniq belgilanmagan. Ushbu обзор maqolada uyqu arteriyasi stenozi va tinnitus o‘rtasidagi bog‘liqlikka oid klinik, epidemiologik va intervensional tadqiqotlar tahlil qilindi. Gemodinamik mexanizmlar, tarqalish xususiyatlari hamda karotid revaskulyarizatsiyadan keyin tinnitus simptomlarining o‘zgarishi muhokama qilindi.
Mavjud dalillar UAS va pulsatsiyalanuvchi tinnitus o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi, ammo hozirgi ma’lumotlar UAS ni tinnitus uchun mustaqil xavf omili sifatida tasdiqlash uchun yetarli emas. Kelgusida standartlashtirilgan baholash shkalalari va keng qamrovli ko‘p o‘zgaruvchali tahlillarga asoslangan prospektiv tadqiqotlar talab etiladi.
