Annotatsiya
PLA2G2A, DGLA va PADI4 biomarkerlari past bo'lgan ishemik insultli bemorlarda nevrologik etishmovchilikning kuchayishi bilan namoyon bo'lgan va uzoqroq davolanishni talab qiladigan kasallikning og'irroq kechishi kuzatiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bunday bemorlarni kompleks reabilitatsiyaga nootropik oksiratsetam preparati va GLA o'z ichiga olgan mahsulot, shuningdek, standart terapiyadan tashqari antikoagulyant rivaroksaban qo'shilishi faqat standart davolangan bemorlarga nisbatan ularni tezroq tiklanishiga yordam beradi.
