Annotatsiya
Epilepsiya o‘smirlik davrida nafaqat takrorlanuvchi tutqanoq xurujlari, balki kognitiv, psixoemotsional va metabolik buzilishlar bilan kechuvchi murakkab nevrologik kasallik hisoblanadi. O‘smirlik davrida bosh miya funksional tizimlarining yetilishi, gormonal qayta qurilish va suyak massasining jadal to‘planishi kechadi. Shu sababli epilepsiyaning o‘zi hamda uzoq muddatli tutqanoqqa qarshi terapiya energiya almashinuvi, vitamin D holati, suyak metabolizmi va kognitiv funksiyalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.